Oʻzbekiston – Yoʻlovchi transporti

Ijara haqida umumiy axborot
Muhim hujjatlar

Ijaraga oluvchi va barcha maʼqullangan haydovchilar kamida 2 yil davomida toʻliq haqiqiy haydovchilik guvohnomalariga ega boʻlishlari lozim.

Lotin shriftida chop etilmagan haydovchilik guvohnomalari (arab, yapon, kirill va hokazo), Xalqaro haydovchilik guvohnomalari bilan toʻldirilgan boʻlishlari kerak.

Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga kirmagan mamlakatlar haydovchilik guvohnomalari taqdim etilganda (masalan, Xitoy), milliy haydovchilik guvohnomalari bilan birga rus/oʻzbek tillariga rasmiy tarjima bilan taqdim etilishi kerak.

Mashinani olish paytida haqiqiy haydovchilik guvohnomalari va shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma /pasportni taqdim etish zarur!

Ijaraga oluvchilar haqiqiy kredit kartasini taqdim etishlari zarur.

PVMR avtomobillari guruhi (premium klassdagi mini-venlar ijarasi) faqat Sixt haydovchisi bilan beriladi.

Yosh boʻyicha cheklovlar

Oʻzbekistonda haydovchilik guvohnomasiga egalik qilishga tegishli minimal yosh va talablar uchun quyidagi qoidalar qoʻllaniladi:

Minimal yosh Guvohnomalarga talablar Avtomobil toifasi
25 2 yil davomida guvohnomaning mavjudligi CCAR, CCMR
25 3 yil davomida guvohnomaning mavjudligi CDAR, IDAR
25 4 yil davomida guvohnomaning mavjudligi CFAR, FDAR, PDAR
Tariflar haqida axborot
Umumiy axborot

Quyidagi kredit kartalari qabul qilinadi: MasterCard, Visa kabi butun dunyo tan olgan kompaniyalar kredit kartalaridan boʻlgan barcha kredit kartalar. Biz avvaldan toʻlangan yoki debetli kartalarni (VisaElectron) qabul qilmaymiz.

Ijaraga oluvchi koʻrsatilgan kredit kartasining egasi boʻlishi kerak.

Naqd summalarda toʻlov imkoniyati mavjud (oʻzbek soʻmi).

Kredit karta bilan toʻlashda kredit kartasining PIN-kodi talab qilinib qolishi mumkinligini eʼtiborga oling.

Toʻlovning tanlab olingan usuli uchun taʼminot sifatida tasdiqlovchi avans toʻlovi olinadi. Depozitning aniq summasi toʻlovning umumiy summasi boʻyicha belgilanadi, negaki bu tanlangan transport vositasiga bogʻliq boʻladi.

Tasdiqlovchi avans toʻlovi
Toifasi AQSH dol.
EDAR 125,00
CCAR 145,00
CCMR 130,00
CDAR 175,00
IDAR 210,00
IDMR 200,00
CFAR 350,00
FDAR 250,00
PVMR N/A
PDAR 600,00
Toʻlovoldi tariflar boʻyicha bronlashtirishda ijara toʻgʻrisida maxsus axborot
Toʻlovoldi tarif – Zudlik bilan toʻlash

Toʻlovoldi tariflar boʻyicha bronlashtirishda, ijara oldidan ijaraning umumiy bahosi bilan birga toʻlov undiriladi (bronlashtirib qoʻyilgan qoʻshimcha xizmatlar va yigʻimlarni ham qoʻshgan holda). Haydovchi va toʻlov usuli bronlashtirish paytida tasdiqlanadi va keyinchalik oʻzgartirilishi mumkin emas. Tasdiqlangan kredit kartasi haqiqiy boʻlishi va transport vositasini olishda taqdim etilishi zarur. Avtomobil prokati vaqtida yuzaga keladigan barcha qoʻshimcha xarajatlar koʻrsatilgan kredit kartasiga qoʻyiladi.

Agar transport vositasi ijaraga olinmasa, kech olinsa yoki vaqtliroq qaytarilsa, mablagʻlarning qaytarilishi oʻtkazilmaydi.

Bronlashtirishni oʻzgartirish

Bronlashtirish 20,00 AQSH dollari miqdorida bronlashtirishni oʻzgartirish uchun vznos toʻloviga almashtirib, ijara boshlangunga qadar 48 soat avval oʻzgartirilishi mumkin (buning ilojisi boʻlsa). Agar bunday oʻzgartirish ijara narxining kamayishiga olib kelsa, ijara uchun kiritib boʻlingan toʻlov qaytarilmaydi yohud har qanday differensial summa qoplanmaydi.

Bronlashtirishni bekor qilish

Bronlashtirish ijara boshlangunga qadar bekor qilinishi mumkin. Bekor qilingan holatda ijara uchun qilingan avans toʻlovi bekor qilish uchun toʻlov undirilgan shartda qaytariladi. U ushlab qolinadi va maksimum 3 kunga ijara narxidan iborat boʻladi (barcha qoʻshimcha xizmatlar va yigʻimlarni ham qoʻshgan holda). Bekor qilish onlayn qilinishi, yohud yozma ravishda quyidagi manzilga qilinishi mumkin:

Sixt
104A, Kichik Beshagach str.
Tashkent, 100015
Uzbekistan
E-Mail: reservations@sixt.co.uz

Transport vositasini olishmadi

Agar bronlashtirib qoʻyilgan avtomobil fakt boʻyicha ijaraga olinmagan yoki belgilanmagan vaqtda olingan holatda, avval kiritib boʻlingan ijara haqi, toʻliq ushlab qolinadi.

Ijaraga oluvchining himoyasi
Uchinchi shaxslarning sugʻurtasi (TI)

Uchinchi shaxslarning sugʻurtasi barcha transport vositalari uchun taqdim etiladi.

Ijaraga olingan avtomobilning sugʻurta qoplamasi shaxsiy jarohatlar va moddiy zarar (transport vositasiga bogʻliq ravishda)ni cheklangan qoplash bilan uchinchi shaxslar oldida javobgarlikni oʻz ichiga oladi.

Xavfli yuklarni tashish uchun transport vositasi foydalanilganda sugʻurtalash haqiqiy boʻlmaydi. Xususan, agar ruxsat berilmagan haydovchi transport vositasini ishlatsa yoki agar transport vositasining haydovchisi daʼvoni chaqirgan vaziyat vaqtida talab qilingan haydovchilik guvohnomalariga ega boʻlmasa, yoki agar haydovchi spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalar taʼsiri ostida boʻlib turgan boʻlsa, yohud hushyorlikka tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortib turgan boʻlsa, ijara shartnomasi doirasida barcha himoya haqiqiy emasga aylanadi.

Avtomobilni olib qochish holatida sugʻurta (LDW)

Shikastlanish yoki oʻgʻirlik holatida, avtomobilni olib qochish holatida sugʻurta (oʻgʻirlikdan himoyani ham qoʻshgan holda) avtomobilning qismi uchun javobgarlikni haydovchidan soqit qiladi.

Agar avtomobilni olib qochish holatida sugʻurta (oʻgʻirlikdan himoyani ham qoʻshgan holda) qabul qilinsa, mijoz faqat quyidagi summalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi: 0.00 USD

Agar avtomobilni olib qochish holatida sugʻurta (oʻgʻirlikdan himoyani ham qoʻshgan holda) qabul qilinmasa, avtomobilning toʻliq qiymati uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.

Transchegaraviy ijara hududiy cheklovlar

Transchegaraviy ijara taʼqiqlangan.

Transchegaraviy ijara va hududiy cheklovlar buzilgan holatda, sugʻurtalashning barcha koʻrinishlari haqiqiy emasga aylanadi.

Qoʻshimcha axborot

Qoʻshimcha funksiyalar majburiyatlarsiz va mavjud boʻlganda bronlashtiriladi.

Bir tomonga ijara

Bir tomonga ijara taʼqiqlangan.

Bir tomonga xalqaro ijara taʼqiqlangan.

Navigatsiya tizimi

Navigatsiya tizimi alohida haq uchun taqdim etiladi.

Qoʻshimcha haydovchi

Qoʻshimcha haydovchi alohida haq uchun va faqat agar u haqiqiy haydovchilik guvohnomalarini taqdim etgan holatda belgilanishi mumkin.

Bolalar oʻrindigʻi

Bolalar oʻrindigʻi alohida haq uchun taqdim etiladi.

Transport vositasini toʻldirish

Barcha transport vositalari ijaraga toʻliq yoqilgʻi baki bilan topshiriladi va Sixtga xuddi shunday toʻliq yoqilgʻi baki bilan qaytarilishi lozim. Aks holda benzin yoki dizel yoqilgʻisining litriga joriy narxlari ustiga toʻldirish uchun toʻlovga qoʻshimcha ravishda undiriladi.

Istak boʻlsa transport vositasi uni turargohga qaytarishdan keyin joriy shartlarga muvofiq yoqilgʻi bilan toʻldiriladi.

Muqobili sifatida transport vositasini prokatga olish vaqtida yoqilgʻining kanistrini mahalliy yoqilgʻi quyish stansiyalarining raqobatbardosh narxi boʻyicha xarid qilib olishingiz, va mashinani topshirish paytida boʻsh kanistrani qaytarishingiz mumkin. Ishlatilmagan yoqilgʻi oʻrnini qoplash taqdim etilmaydi.

Yetkazib berish va avtomobilni joyiga chiqib qaytarish

Yetkazib berish/qaytarish xizmati talabnoma boʻyicha taqdim etiladi.

Toshkent shahri chegarasida, 9 dan kechki 18 gacha yetkazib berish va avtomobilni joyiga chiqib qaytarish – bepul.

Samarqand shahridan/ga qaytarish/yetkazib berish xizmat uchun haq olinadi.

12V USB zaryad qurilmasi

12V USB zaryad qurilmasi alohida haq uchun taqdim etiladi.

Qishki asbob-uskuna

Qishki asbob-uskuna alohida haq uchun taqdim etiladi.

Mahalliy SIM-karta bilan mobil telefon

Mahalliy SIM-karta bilan mobil telefon alohida haq uchun taqdim etiladi.

Haydovchi xizmatlari

Haydovchi xizmatlarini tanlashda, Sixt haydovchisi kuniga ketma-ket 12 soat davomidan ortmagan vaqt uchun yetkazib beriladi. Qoʻshimcha vaqt va belgilangan ish vaqtidan ortiq xizmatlar mahalliy filialda olinishi mumkin. Transport vositasi jismonan Sixt haydovchisi tomonidan bir joydan ikkinchi joyga harakatlanayotgan holatlarni istisno etganda, transport holati uchun javobgarlik mijoz zimmasiga yuklatiladi.

Haydovchi xizmatlari tegishli shaharlar chegaralarida ruxsat berilgan, va shahardan tashqariga har qanday safar Sixt joylashuvi bilan avvaldan muvofiqlashtirilishi zarur. Shahardan tashqariga safar uchun qoʻshimcha yigʻimlar yuzaga kelishi mumkin, shuningdek qoʻshimcha mahalliy xarajatlar undirib olinadi. Qoʻshimcha axborot olish uchun mahalliy boʻlinmagan murojaat qiling.

(Haydovchi xizmatlari= DV)

Boʻlak vznoslar va soliqlar
Ishdan tashqari vaqtda xizmatlarni taqdim etish

Maʼlum bir toʻxtash joylarida ishdan tashqari vaqtda xizmatlarni taqdim etish imkoni bor. Bunday holatda xizmatlarni taqdim etish uchun qoʻshimcha haq undirib olinadi.

Transport vositasini yuvish

Agar transport vositasiga uning qaytarilishidan keyin tozalashning maxsus protsedurasi talab qilinsa, Ijaraga oluvchidan haq undirib olinadi. Shuningdek transport vositasining birlamchi tozalab chiqishilishini buyurtma qilish mumkin.

Barcha tariflar soliq/QQS (agar ular qoʻoʻlanilidagin boʻlsa)ni oʻz ichiga oladi.

Individual shartnomalar bilan korporativ mijozlar uchun muqobil narxlar va qoidalar qoʻllanilishi mumkin.

Qo'ng'iroqni buyurtma qiling