-
Olish va Qaytarish
Qaytish
Olish vaqti

Qaytarish vaqti

Takliflarni ko'rsatish
Afsuski, siz tanlagan stantsiyalar orasida bir tomonlama ijaraga olish mumkin emas.

Foydali axborot

Sixt rent a car Yevropa kompaniyasi – Oʻzbekistonda avtomobilning rasmiy ijarasi

Biz Sizlarni Sixt Oʻzbekiston sahifasida qutlashdan mamnunmiz!

Rent-a-car xizmati Oʻzbekistonda endigina rivojlana boshlanganiga qaramay, servisning sifati toʻgʻrisida xavotirlanishning hojati yoʻq – Toshkent aeroportining oʻzidayoq sizni, oʻzining asriy anʼanalari, yevropalik standartlari va haqiqiy “nemischa” sinchkov yondoshuvi bilan Sixt kutib oladi!

Sixt bilan Oʻzbekiston boʻyicha ishbilarmonlik safarlari, mustaqil sayyohatlar, turlar

Haydovchi bilan yoki usiz, biznes yoki Toshkent, Samarqand va boshqa mashhur shaharlar boʻyicha mustaqil sayyohatlar maqsadlarida Sixt Uzbekistan avtomobilini ijaraga olish – bu minimal sarf-xarajatlar, qulaylik va harakatlarning toʻliq erkinligini kafolotlovchi bir joydan ikkinchi joyga harakatlanish vositasining optimal tanlovi.

Toshkent, Samarqand, Chimganning ajoyib togʻlari va Chorvoqning xushmanzarali koʻliga borish uchun 6 va 12 soatlik turlarga otlaning.

Avtomobilni, misol uchun, Toshkentdagi SixtUzbekistan prokat punktidan (aeroport oldida markaziy yoki Wyndham otelida) olib va uni Samarqandda topshirib, shaxsiy avtomobilingizda Buyuk Ipak Yoʻli marshrutining bir qismini bosib oʻting. Oʻzbekiston shaharlarining tarixiy diqqatga sazovor joylarining sanogʻi yoʻq – sizlarga qulay boʻlishi uchun albatta tashrif buyurish lozim boʻlgan joylarning qisqacha roʻyxatini eʼtiboringizga havola qilamiz:

TOSHKЕNT SAMARQAND BUXORO XIVA
“Xasti-Imom” majmuasi Registon maydoni Labi Hovuz majmuasi Ichon qalʼasi
Qadimgi “Chorsu” bozori Goʻri Amir maqbarasi Kalon majmuasi Kalta minor
Amir Temur hiyoboni Shohi-Zinda maqbarasi Ark qalʼasi Koʻhna Ark qalʼasi
Toshkent teleminorasi Bibi-Xonim masjidi Ismoil Somoniy maqbarasi Pahlavon Mahmud maqbarasi
Alisher Navoiy nomli Milliy bogʻ Xoja Doniyor maqbarasi Savdo gumbazlari – Toqi Zargaron Islom Xoʻja minorasi

Oʻzbekistonda Sixtning muhim va qoʻshimcha opsiyalari

Eʼtibor qaratishingizni soʻraymiz – Oʻzbekistonda ijaraga avtomobilni topshirishda oʻzingiz bilan haydovchilik guvohnomasi va pasportni olib oling.

Sixt avtomobil ijarasi xizmatlari xodimlarning servis darajasi va faqat yangi mashinalarni ijaraga taqdim etiladigan sifati bilan tanilgan. Sixt Uzbekistan mijozlari hamisha ijara toʻgʻrisida bitimni tuzishdan avval avtomobilni yaxshilab koʻrib chiqishlari mumkin.

Avtomobil prokati xizmatlarining standart paketiga “qoʻshimcha haydovchi” funksiyasi, GPS navigator, bolalar kreslosi, sugʻurta va hokazolardan iborat bir qator qoʻshimcha opsiyalar ham tanlab olinadi. Ijara shartlari havolasi boʻyicha batafsil axborotni olishingiz mumkin.

Oʻzbekiston boʻyicha qulay va xavfsiz sayyohat qilishning qoidalari:

  • Rulda boʻla turib mobil telefondan foydalanish taʼqiqlangan.
  • 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga harakatlanish chogʻida oldingi oʻrindiqda oʻtirish taʼqiqlangan.
  • Xavfsizlik kamaridan foydalanilishi shart.
  • Aholi punktlarida tezlikning cheklanishi – 70 km/s; trassalarda – 100 km/s.
  • Qonda spirtli ichimlikning darajasi 0 promilledan oshmasligi kerak.

Sizning kelish kuningizga tanlangan avtomobilni zaxiralab qoʻyish uchun Sixt Uzbekistan saytidagi talabnoma shakli orqali yoki koʻrsatilgan kontaktlardan biriga murojaat qiling. Kompaniya avtoparkida siz talablar va byudjetga mos keladigan optimal avtomobilni topasiz. Eng yaxshi narx takliflarini olish uchun Facebookdagi sahifamizga obuna boʻling.

SAVOLLAR BO’LSA, SO'ROV QOLDIRING, BIZ YORDAM BERAMIZ
So'rov qoldiring, biz yordam beramiz!
Qaytib qo'ng'iroq qilishni so'rash

СКАЧАЙТЕ НАШЕ ПРИЛОЖЕНИЕ

Оставайтесь с нами в